Biz haqimizda

Tartib — bizning asosiy vaʼdamiz.

Feeks — yirik kompaniya va ishlab chiqaruvchilar uchun boshqaruv tizimlari yaratadigan IT kompaniya. Korxonaning ishlab chiqarish, ombor, savdo, kassa va logistikasini yagona tizimga birlashtiramiz, kerak boʻlsa brendini ham noldan yaratamiz.

Nima uchun Feeks

Tarqoq maʼlumot — yoʻqotilgan vaqt va pul.

Koʻp korxonalarda maʼlumotlar Excel, daftar va xabarlarda tarqoq yuradi. Hisobot tayyorlashga kunlar ketadi, rahbar esa aniq raqamlarni faqat kechikib koʻradi.

Biz bu muammoni hal qiladigan tizimlar yaratamiz. Tizimlarimiz beton ishlab chiqaruvchi korxonalarda, real ish jarayonlari ichida loyihalangan va har kuni ishlatilmoqda.

Biz tayyor dasturni sotmaymiz — avval korxonangizni oʻrganamiz, keyin tizimni aynan sizning jarayonlaringizga moslab quramiz.

Brend

Nom va belgi.

„fiks“ deb oʻqiladi

Nom maʼnosi

Ingliz tilida „fix“ — tartibga solmoq, joyiga qoʻymoq. Rus tilida „фиксировать“ — qayd etmoq. Ikkala maʼno ham ishimizning mohiyatini ifodalaydi.

Kvadrat nuqta

Nuqta — tizimning eng kichik birligi, tartib va aniqlik ramzi. U doim kvadrat shaklda va Signal koʻk rangda boʻladi.

Shior

„Biznesingizni tizimlang.“ — biz mijozlarimizga beradigan asosiy natija.

Qadriyatlarimiz

Qanday ishlaymiz.

Aniqlik

Har bir raqam va har bir harakat tizimda qayd etiladi. Taxmin emas — aniq maʼlumot bilan boshqariladi.

Soddalik

Murakkab jarayonlarni xodimlar bir kunda oʻrganadigan sodda va tushunarli koʻrinishga keltiramiz.

Ochiqlik

Ortiqcha vaʼda bermaymiz. Ish hajmi va narx boshidanoq ochiq kelishiladi.

Uzoq hamkorlik

Tizimni topshirib ketib qolmaymiz: qoʻllab-quvvatlaymiz, korxona bilan birga rivojlantiramiz.

Nima qilamiz

Tizimdan brendgacha — bir jamoada.

Xizmatlar batafsil
  • Boshqaruv tizimlariIshlab chiqarish, ombor, savdo va kassa — yagona tizimda.
  • LogistikaMashinalar, qatnovlar va yetkazib berish nazorati.
  • Savdo saytlariBuyurtma qabul qiladigan va tizim bilan bogʻlangan saytlar.
  • BrendingLogotip, brendbuk, ijtimoiy tarmoqlar dizayni — brendi yoʻq yoki eskirgan kompaniyalar uchun.

Ishlarimizdan

Korxonalar biz bilan ishlaydi.

Tizimlarimiz joriy etilgan korxonalar va biz yaratgan brendlardan namunalar.

Prime Beton logotipi
Prime BetonIshlab chiqarish, ombor, savdo va kassa hisobi yagona tizimga oʻtkazildi. Tizim uch tilda ishlaydi, har bir oʻzgarish esa jurnalda qayd etib boriladi.
Azurit Beton Service logotipi
Azurit Beton ServiceTizim alohida serverda joriy etildi: ishlab chiqarish, ombor va moliyaviy hisob endi bir joyda yuritiladi.
2Tizimimizda ishlayotgan korxonalar
7Boshqariladigan filiallar
3Tilda ishlaydi

Korxonangizni bugunoq tizimlashtirishni boshlang.

Jarayonlaringizni oʻrganib, korxonangizga qanday tizim kerakligini bepul aytib beramiz.

Soʻrov qoldiring

Raqamingizni qoldiring — oʻzimiz qoʻngʻiroq qilamiz.

Sizga nima kerak?

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi.